Ro'yxatdan o'tish pulsiz va muddatsiz ravishda amalga oshiriladi. Ro'yxatdan o'tish openid.uzex.uz sayti orqali ERI vositasida amalga oshadi.
Boshlang'ich narxni pasaytirish bo'yicha auktsion, elektron do'kon orqali xarid, tanlov, tender, yagona yetkazib beruvchi orqali xarid.
Buyurtmachi tomonidan barcha xarid turlari uchun reja-jadval joylashtiriladi.
Xarid boshlanishi oyi ko'rsatiladi. Masalan, agar tanlov iyulь oyida boshlanib avgust oyida tugasa, reja-jadvalda 3 chorak iyulь oyi ko'rsatiladi.
Shartnoma natijalari shaxsiy kabinetning “Natijalarni joylashtirish” boʼlimi orqali joylashtiriladi. Yagona yetkazib beruvchi bilan tuzilgan shartnomalar natijalari “Boshqa xaridlar” bo'limiga kiritiladi. Shartnomalar bo'yicha natijalar shartnoma tuzilgan kundan boshlab 3 kun davomida joylashtirilishi kerak.
Shartnoma shakllangandan boshlab 10 kun davomida UzАSBO tizimi orqali pul mablag'larini ko'chiradilar.
Byudjet buyurtmachisi mahsulotni to'liq qabul qilganini mahsulot qabul qilgan kundan boshlab 3 kun davomida UzАSBO tizimi orqali tasdiqlaydi.
Yuq, kerak emas. Shakllangan shartnoma ERI orqali tuzilgani uchun kuchga kirgan hisoblanadi.
Byudjet Buyurtmachilari rekvizitlaridagi o'zgarishlarni G'aznachilik kiritadi.
Yagona yetkazib beruvchilar reestriga kirish uchun, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yozma ravishda murojaat qiling. Xatingizga xarid.uz. portalidagi “Oʼzbekiston Respublikasi Yagona yetkazib beruvchilar Reestriga kiritish uchun nomzodlar haqidagi maʼlumotlar“ formasini toʼldirgan holda ilova qilish kerak.