“Samarqand Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” Davlat muassasasi direktori o‘rinbosarining xizmat vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Kuratorligidagi tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
Bo‘ysunuvidagi tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Bo‘ysunuvidagi bo‘linmalarning ish rejalari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish, korxona faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish;
Yuqori turuvchi tashkilotlarning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;
Bo‘ysunuvidagi bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha muassasa direktoriga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Yo‘l xo‘jaligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini bo‘ysunuvidagi bo‘linmalar tomonidan sifatli ijro etilishini tashkil etish,
Yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdim etilgan yo‘l xo‘jaligi sohasidagi takliflar va boshqa hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish;
Bo‘ysunuvidagi bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni korxona direktoriga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish;
Yo‘l xo‘jaligi sohasini takomillashtirish va rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga doir takliflarni kiritish;
"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;
Davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Mintaqaviy avtomobil yo‘llarni qurish, qayta qurish va ta’mirlashda, mavjud ishchi kuchi, material va moliyaviy resurslardan tejab-tergab foydalanish va pirovardida ajratilgan mablag‘larning samaradorligini oshirish yo‘llarini belgilash;
Mintaqaviy avtomobil yo‘llarni qurish, qayta qurish va ta’mirlashda, ishlab chiqarish tarmoklarini (buyurtmachi va bosh pudratchi) o‘zaro mutanosib ishlashini ta’minlash;
Yangi texnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tekshiruv, loyiha va oliy o‘quv yurtlari bilan yaqin aloqa o‘rnatadi.
Muassasa mutaxassislari tomonidan yaratilayotgan yangiliklarni patentlashtirish, ishlab chiqarishga tatbiq etishda rahbarlik qiladi.
Muassasada mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish (texnik) xavfsizligini ta’minlashni nazorat qiladi va ta’minlaydi.
Muassasaga kelayotgan arizalar, tavsiyalar va aloqa xatlariga xodimlar tomonidan o‘z vaqtida asosli javoblar berilishini nazorat qiladi va ta’minlaydi.
Muassasaning texnik mutaxassislari ustidan bevosita rahbarlik qiladi.